البحث

عبارات مقترحة:

الصمد

كلمة (الصمد) في اللغة صفة من الفعل (صَمَدَ يصمُدُ) والمصدر منها:...

الودود

كلمة (الودود) في اللغة صيغة مبالغة على وزن (فَعول) من الودّ وهو...

الجواد

كلمة (الجواد) في اللغة صفة مشبهة على وزن (فَعال) وهو الكريم...

Намозни тарк қилган кимсага мактуб

الأوزبكية - Ўзбек

المؤلف Абу Жаъфар Ал-Бухорий
القسم مقالات
النوع نصي
اللغة الأوزبكية - Ўзбек
المفردات الصلاة
Малумингизким намоз динимизнинг асосий бир қисми усиз динимизга футур етади, уни тарк қилиш эмас балки намозга бепарвороқ бўлган кишининг ҳолига вой бўлгай.

التفاصيل

Bismillahir rohmanir rohiym   Barcha olamlar robbisi bo`lgan va: "E`slating! Chunki, e`slatish mo`minlarga foyda beradi. Va men jin va insonlarni o`zimgagina ibodat qilishlari uchun yaratdim..."- deb aytgan Alloh ta`ologa hamdu sanolar va "Biz bilan u (mushrik va kofir) lar o`rtasidagi ahd namozdir. Uni tark qilgan kimsa kofirdir" (Imom Ahmad rivoyati, sahih hadis) deb aytgan payg`ambarimizga salavot va salomlar bo`lsin. So`ng ... Hoy Allohning bandasi, bilingki, namoz Islom dininig ustuni bo`lib, u bilan musulmon kofirdan ajralib turadi. Afsuski, Islom diyorida tug`ilgan va: "Biz ham musulmonmiz"- deb aytayotgan xalqimizning ko`p qismi namozga e`tibor bermay, uni o`qimayaptilar. Shuning uchun ham ularga namoz, namozning dindagi o`rni va uni tark qilishning oqibatlari haqida tushuntirib, nasihat qilishni burchimiz deb bildik. Avvalo shuni bilingki, namozni baxtiqaroligi g`olib bo`lgan, azob-uqubati ko`paygan, hasrat va nadomati bitmaydigan kimsagina tark qiladi. Bas, namozni tark qilgan odam manfur, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yo`lidan boshqa yo`lda o`ladigan va joyi jahannam bo`ladigan kimsadir. Alloh ta`olo va rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozning naqadar buyuk ibodat e`kanini bayon qildilar. Alloh ta`olo dedi: "Ulardan so`ng namozlarini zoe qiladigan va shahvatlarga e`rgashadigan avlod keldi. Ular tez kunda g'oy (jahannam vodiylaridan biri) ga duch keladilar"; [Maryam:59] "Har bir jon o`zi qilgan narsaga garovga qo`yilgan. Faqatgina, o`ng tomon sohiblari bundan mustasnodir. Ular jannatda turib gunohkorlardan: "Sizlarni jahannamga nima narsa olib keldi?"- deb so`raydilar. (Gunohkorlar): "Biz namoz o`qimas e`dik"- deb javob beradilar"; [Muddassir:38-43] "Agar tavba qilib, namozlarini to`kis ado e`tib, zakotlarni bersalar, ular sizning dindosh birodarlaringizdir". [Tavba:11] Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Kishi bilan kufr va shirk o`rtasida namozni tark qilish bordir" (Imom Muslim rivoyati); "Bandani qiyomat kunida avvalo namozdan hisob qilinadi. Agar namozi durust bo`lsa, boshqa amallari ham durust bo`ladi. Agar namozi buzuq bo`lsa, boshqa amallari ham buzuq bo`ladi" (Tabaroniy rivoyati, sahih hadis); "Men odamlar bilan "Allohdan o`zga haqiqiy iloh yo'q  va Muhammad Allohning e`lchisidir"- deb guvohlik bermagunlaricha, namozni to`kis ado e`tib, zakotni bermagunlaricha urushishga buyurildim. Odamlar shunday qilsalar mendan qonlari va mollarini o`z haqqi bilan saqlab qoladilar. Ularning hisobi Allohgadir" (Muttafaqun alayh). Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Mening havzim Adanning Iylasidan ham uzoqdir. Jonim qo`lida bo`lgan zotga qasamki, u (havzim) ning idishlari osmon yulduzlarining sonidan ko`pdir. U sutdan oq va asaldan shirindir. Men uni odam begona tuyadan himoya qilganidek himoya qilaman"- dedilar. Sahobalar: "Yo rasululloh, siz bizlarni taniysizmi?"- deb so`radilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Ha, sizlar tahorat ta`siridan nurli qashqa bo`lib kelasizlar. Bu (ko`rinish) boshqalar uchun bo`lmas"- dedilar" (Imom Muslim rivoyati). Hoy namozni tark qilgan odam, shunday dahshatli kunda rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozni tark qilganingiz uchun sizni quvib tursalar holingiz nima bo`ladi?! Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o`ziga e`rgashgan kishilarni tahoratlarining asarlaridan bilar e`kanlar, sizni qanday tanisin?! Axir namoz o`qimaganingiz uchun sizda tahorat asarlari yo`q-ku! Yoki siz shuncha narsa e`slatilganidan keyin ham jannatga kirishni xayol qilayapsizmi?! Unutmangki, Shaytonni amr e`tgani zamon Odam alayhissolatu vassalomga sajda qilmagani uchun Alloh ta`olo la`nat qildi va o`z dargohidan quvdi. U qiyomat kunida jahannamga kiradi. Alloh ta`olo dedi: "Biz farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar!"- dedik. Ular sajda qildilar. Faqatgina, Iblis (Shayton) bosh tortdi, kibr qildi va kofirlardan bo`ldi". Alloh Shaytonni la`nat qildi. Chunki, u Odam alayhissolatu vassalomga sajda qilmadi. Maxluqqa sajda qilmagani uchun berilgan jazo shu bo`lsa, Allohga sajda qilmagan va uning amrlariga osiy bo`lgan kishiga beriladigan jazo qanday bo`lishi mumkin?! Holbuki, Alloh ta`olo: "Men jin va insonlarni o`zimgagina ibodat qilishlari uchun yaratdim"  va "Iymonli bandalarimga ayting, namozlarini to`kis ado e`tsinlar!"- demoqda. Umar ibn Xattob -roziyallohu anhu- urilgan hanjar  zarbasidan hushlaridan ketdilar. Hushlariga kelgani payt: "Odamlar namoz o`qidilarmi?"- deb so`radilar. Atrofidagi odamlar: "Ha"- deb javob berdilar. Umar ibn Xattob -raziyallohu anhu: "Namozni tark qilgan odamning Islomdan nasibasi yo`qdir" va Muhammad sollalohu alayhi va sallamning sahobalari: "Namozdan boshqa tark qilinsa kufr bo`ladigan narsani bilmas e`dilar"- dedilar. Abdulloh ibn Mas`ud -raziyallohu anhu: "Namozni tark qilgan kishining dini yo`qdir"- dedilar. Aby Dovud rahimahulloh: "Namozi bo`lmagan odamning iymoni yo`qdir"- dedi. Hofiz Munziriy rahimahulloh: "Sahobalarning bir qismi namozni vaqti chiqquniga qadar qasddan tark qilgan odamni kofir deb bildilar"- dedi. Ulardan Umar ibn Xattob, Abu Hurayra, Abdulloh ibn Mas`ud, Abdulloh ibn Abbos, Muoz ibn Jabal, Jobir ibn Abdulloh, Abud-Dardo`, Abdurrahmon ibn Avf va boshqalar (Alloh ulardan rozi bo`lsin). Ibn Qoyyim rahimahulloh: "Sahobalardan bu so`zning xilofi rivoyat qilinmagan"- dedi. Imom Ahmad rahimahulloh dedi: "Namozga chaqirilsa: "namoz o`qimayman" deb bosh tortgan va vaqti chiqquniga qadar o`qimagan odamni qatl qilinadi. Zamondoshlarimizdan ko`pi namozni tark qilgan kishining murtadligi, uning jazosi o`lim e`kani va u bilan musulmon rafiqasi o`rtasini ajratish kerak e`kaniga fatvo berdilar... Shunday e`kan, namozni tark qilgan odam qaysi amal va qaysi savobni umid qilmoqda?! Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: "Asr namozini tark qilgan kishining amallari zoe bo`ladi"- dedilar (Imom Buxoriy rivoyati). Shunday e`kan namozlarni zoe qilgan kishilarning Yer va Samolar hojasi huzuridagi holi ne kechar e`kan?!..". Allohning Kitobi va rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hadislarini o`qigan odam namozga buyurish, uni tark qilishdan ogohlantirish va namozning katta (ijobiy) natijalari naqadar ko`p e`slatilganini biladi. Hoy namozlarini tark qilgan odam, siz u oyat va hadislarga boqing. Ularda namozlariga e`tiborsizlik qilgan kishilar uchun qattiq jazolar bayon qilingan. Siz yoshligingiz yoki umringiz bilan mag`rurlanmang. Har bir jon umri naqadar uzoq bo`lmasin, bir kuni o`lim sharobini ichadi... Siz g`aflatdan uyg`oning! Chunki, Alloh ta`olo sizni behuda yaratmadi, balki, o`zigagina ibodat qilishingiz uchun yaratdi. Siz, biz va barcha insoniyat o`z holimizga tashlab qo`yilmaganmiz... Balki, barchamizning qaytajak yerimiz bor. Alloh ta`olo bizlarni jamlaydi va hukm qiladi: o`rtamizni haqiqat bilan ajratadi. Ertaga omonlik Alloh ta`olodan qo`rqqan, taqvo qilgan va ta`qiqlaridan tiyilgan, ko`p narsa e`vaziga oz narsani, boqiylik e`vaziga foniylikni, saodat e`vaziga bahtiqarolikni sotgan kishilar uchundir. Ertaga Alloh ta`oloning huzuridagi holatingiz haqida o`ylab ko`ring. Allohning nomiga ond ichib aytamanki, u holatning shiddati va qo`rqinchi bilimdon va taqvoli kishilarga ma`lumdir... Chunki, Alloh ta`olo: "U kunda jahannamni olib kelinadi. U kunda inson e`slaydi. biroq, bu e`slash unga foyda bermaydi"- dedi. "Haqiqatni bilib, unga iymon keltirgandan so`ng hech qanday foyda bermaydi", yoki "Bu haqiqatni shariatlab qo`ygan zot menga hech narsa qila olmaydi", yoki "Oxirat va oxiratdagi narsalar o`z orzularim va hohishlarimdan voz kechishim oldida hech narsa e`mas"- deb u tomon biron qadam tashlamaslik qattiq gunohdir. Agar siz Allohga va oxiratga iymon keltirgan bo`lsangiz, yuqoridagi so`zlarga jiddiy boqishingiz va fikrlaringizga e`tibor berishingiz kerak. Agar aldanmaganingiz va sizning oldingizga qo`yilgan narsa sizga nasihat bo`lgan sof haqiqat e`kaniga ishongan bo`lsangiz, Allohning amrlarini tatbiq qiqlish va Alloh uchun namoz va sajda qilish uchun shoshilishingiz kerak hamda Shayton kabi osiy bo`lmasligingiz kerak. Agar bularga ijobat qilmasangiz, Alloh nomiga ond ichib aytamanki, oqibatingiz yomon bo`ladi. Undan Allohning izni bo`lmagan qutulish yo`qdir. Nafs-havosiga osiy bo`lishga qodir bo`lmagan, robbisining oyatlari va namozni ta`kidlagan farmonlarini e`shitgan holda Allohga osiy bo`lib, xuddi e`shitmagandek namozni tark qilgan odamning holiga voylar bo`lsin! Alloh ta`olo dedi: "Allohning tilovat qilingan oyatlarini e`shitib, e`shitmagandek kibr bilan isror e`tgan barcha gunohkor va iftirochilarning hollariga voylar bo`lsin! Bas, ularga alamli azobdan xabar bering".  [Josiya:7-8] Haqiqatni bilib, uning nurlarini ko`rgan va bila turib Allohga osiy bo`lgan hamda Allohning farmonlaridan bila turib g`aflatda qolgan zolimga Allohning ushbu oyatlari mos keladi: "Hohishlarini iloh qiqlib olgan va bilganidan so`ng Alloh adashtirgan kishini ko`rdingizmi?!".  [Josiya:23] Mavzumizning so`nggida namozni tark qilgan odamga shunday deymiz: "Hoy Allohning bandasi, zalolat yo`lidan Allohning yo`liga qayting! Modomiki hayotingiz bor e`kan, Allohga tavba qiling! Bilmaysizki, bu kunduz kechaga, bu kecha kunduzga etib bora olasizmi yoki yo`qmi?.. Alloh ta`olo dedi: "Robbisining oyatlari e`slatilgan, keyin e`sa undan yuz o`girgan kishidan ko`ra zolimroq odam bormi? Darhaqiqat, bizlar jinoyatchilardan intiqom olamiz".  [Sajda:22].   Jamoat namozi va uning ahamiyati Rasululloh sollalohu alayhi va sallam masjidlarda jamoat bilan namoz o`qish uchun hozir bo`lmaslikka qattiq dashnomlar berdilar: "Ozonni e`shitib, ijobat qilmagan kishining namozi yo`qdir. Uzri bo`lganlar bundan mustasnodir" (Ibn Mojja rivoyati); "Munofiqlarga og`ir bo`lgan namoz hufton va bomdoddir. Odamlar u ikkisida bo`lgan narsa (yaxshilik) larni bilsalar e`di, e`maklab bo`lsada kelar e`dilar" (Muttafaqun alayh). Abdulloh ibn Mas`ud raziyallohu anhu dedi: "Agar sizlar namozdan kechikkan odam kabi uyingizda namoz o`qisangizlar, payg`ambaringizning sunnatini tark qilgan bo`lasizlar. Payg`ambaringizning sunnatini tark qilsangizlar, adashasizlar.." (Imom Muslim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "E`rkaklar yo namozni tark qilishdan tiyiladilar, yoki ularning uylarini yoqib tashlayman!" (Ibn Mojja rivoyati). Jobir raziyallohu anhu dedi: "Ibn Umm Maktum rasululloh sollalohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: "Yo rasululloh, mening uyim uzoq, ko`zim ko`rmaydi, lekin, ozonni e`shitaman (nima qilay: masjidga kelaymi yoki yo`qmi?)"- dedi. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: "Agar ozonni e`shitsang e`maklab yoki yugurib bo`lsada, ijobat qil!"- dedilar" (Imom Ahmad va Abu Ya`lo rivoyatlari). Odamlarning ko`pi ramazon oyida masjidlarga to`p-to`p bo`lib kirib keladi. Biroq, ramazondan so`ng to`p-to`p bo`lib chiqib ketadi. Balki, ramazon oyi o`tganidan so`ng ularning ko`plarining namozlari ham "ketadi". Go`yo ular ramazon oyidagina ibodat qiladigan, boshqa paytlarda e`sa masjidlarga olib boradigan yo`lni yo`qotib qo`ygan kishilardek ko`rinadilar. Bunday holatdan Alloh saqlasin! Hatto ularning ba`zilari namozlarni butunlay o`qimay qo`yadilar, yoki masihiy (xristian)lar yakshanba, yahudiylar shanba kunlari ibodatxonaga kelganlaridek, juma kunigina masjidlarga keladilar!! Hoy Allohning bandasi, e`rtaga og`ir hisobga qolishdan avval, bugun o`zingni tekshirib ko`r!.. Ishlaringga boq, kamchiliklari bo`lsa bugun afsus qil, chunki, e`rtaga afsus foyda bermaydi. Barcha narsadan avval shuni unutmaki, Alloh sening qilgan ibodatingga muhtoj e`mas! Ibodatlar, Imom muslim "Sahih" nomli kitobda rivoyat qilganidek, biz uchundir va bizga ularning e`vaziga mukofotlar beriladi. Agar olgan mukofoti yaxshilik bo`lsa, banda Allohga hamd aytsin. Agar yomonlik bo`lsa, o`zidan boshqasini malomat qilmasin. Risolamizning so`nggida Alloh ta`oloning ushbu so`zlarini e`slatmoqchimiz: "Allohga qaytajagingiz, keyin e`sa har bir jon zulmlanmay qilgan narsalarining badalini oladigan kundan qo`rqinglar!". [Baqara:281].   Diqqat: Agar namoz o`qiyotgan bo`lsangiz ushbu risolani namoz o`qimayotgan kishilarga etkazing... Zero, "Yaxshilikka dalolat qilgan odam, uni qilgan kishi kabidir"...