البحث

عبارات مقترحة:

المحيط

كلمة (المحيط) في اللغة اسم فاعل من الفعل أحاطَ ومضارعه يُحيط،...

الرحيم

كلمة (الرحيم) في اللغة صيغة مبالغة من الرحمة على وزن (فعيل) وهي...

القابض

كلمة (القابض) في اللغة اسم فاعل من القَبْض، وهو أخذ الشيء، وهو ضد...

Бахтли ҳаёт учун фойдали маслаҳатлар

الأوزبكية - Ўзбек

المؤلف عبد الرحمن بن ناصر السعدي
القسم كتب وأبحاث
النوع نصي
اللغة الأوزبكية - Ўзбек
المفردات الرقائق والمواعظ
Men ushbu risolada barcha inson etishga harakat qilgan oliy maqsadlarning ba`zi sabablarinigina e`slatib o`tmoqchiman.

التفاصيل

"Ahlussunna val-jamoa kutubxonasi" silsilasi Muqaddima Bismillahir rohmanir rohiym Ikkinchi qism: Banda harakat qilsada, qilmasada bo`lishi muqarrar bo`lgan ishlar. Fasl Fasl Fasl Fasl "Ahlussunna val-jamoa kutubxonasi" silsilasi MuqaddimaBarcha hamdlarning sohibi bo`lgan Allohga hamdlar bo`lsin. Men yagona sheriksiz Allohdan o`zga iloh yo`q va Muhammad uning bandasi va e`lchisi deb guvohlik beraman. Alloh unga, uning oilasi va sahobalariga salavot va salomlar yo`llasin.So`ng ...Qalbning rohati, quvonchi, qayg`u va g`amlarining ketishi - har bir kishining maqsadidir. Chunki, o`shandagina quvonch va yayrash o`zining kamoliga etadi. Buning diniy, tabiiy va amaliy sabablari ham bo`lib, ular mo`mindagina jam bo`la oladi. Boshqalarda e`sa, oralaridagi donolarning qilgan harakatlari e`vaziga bir sabab va jihatdan hosil bo`lishi mumkin. Aslida e`sa, bu sabab va jihat ularga holati va kelajagi sog`lom bo`lgan taraflardan etib kelgandir. Men ushbu risolada barcha inson etishga harakat qilgan oliy maqsadlarning ba`zi sabablarinigina e`slatib o`tmoqchiman..u Ba`zilar oliy maqsadlarining ko`proq qismiga e`rishdi va shirin hayot kechirdi.u Ba`zilar oliy maqsadlariga e`risha olmay baxtiqarolik hayotini yashadilar.u Ba`zilar o`z muvaffaqiyatlariga qarab o`rta yo`ldaddirlar.Alloh tavfiq beruvchi va barcha yaxshi ishlar va yomonliklarni daf qilishda yordam so`raluvchi zotdir. Bismillahir rohmanir rohiymFasl1. Oliy maqsadga e`rishish sabablarining e`ng buyugi va e`ng asosiysi - iymon va solih amaldir. Alloh ta`olo dedi: "Mo`min bo`la turib yaxshi amalni qilgan e`rkak va ayolni shirin hayotga tiriltiramiz va qilgan amallaridan ko`ra yaxshiroq bo`lgan savoblar bilan mukofotlaymiz" (Nahl: 97).Alloh ta`olo iymon va solih amallar o`rtasini birlashtirgan kimsalarni bu dunyoda shirin hayot va oxiratda chiroyli savoblar bilan mukofotlashi haqida xabar va va`dalar berdi.Buning sababi ma`lum. Chunki, solih amal beradigan, qalblar va axloq, dunyo va oxirat o`rtasini mutanosiblashtiradigan sog`lom iymon bilan, Allohga iymon keltirgan mo`minlarda o`zlariga quvonch va yayrash sabablari hamda bezovtalik va qayg`u sabablarini olib keladigan barcha asoslar bordir.u Mo`minlar quvonchni iltifot va shukronalar bilan qabul qiladi hamda foydali bo`lgan yo`llarda iste`mol qiladi. Bu uslubda iste`mol qilish ushbu quvonch bilan hayajonlanish, uning davomiyligi, barakoti va shukronalar aytgan kishilarning savoblarini umid qilishning ko`plab yaxshiliklari va barakotlarini paydo qiladi.u Mo`minlar qiyinchilik, zarar, qayg`u va g`amlarni imkoni borisha qarshilik ko`rsatish, engillashtirish va sabr qilish bilan qarshilaydilar. Ularda bu qiyinchiliklar oqibatida foydali qarshilik, tajriba, quvvat, sabr va savoblarni umid qilish hosil bo`ladi. Savoblar e`sa, qarshisida barcha mashaqqatlar yo`q bo`lib, o`rniga quvonch, shirin orzular va Allohning fazli va savobiga bo`lgan umid tushadigan buyuk narsalardir.Zero, rasululloh sollallohu alayhi va sallam Imom Muslim rivoyat qilgan hadislarida bayon qildilar: "Mo`minning barcha ishlari xayrli e`kaniga hayron qolaman. Agar unga xursandchilik etsa shukr qiladi va bu u uchun xayrlidir. Agar musibat etsa sabr qiladi va bu u uchun xayrlidir. Bu faqat mo`min uchunginadir".Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mo`minning boshiga quvonch va qayg`ularning kelishiga qarab, yaxshiliklari va amallarining samaralari ko`payib borishidan xabar berdilar.Shuning uchun ham, biz, ikki toifa odamlarni ko`ramizki, ular iymon va amallarda farqli bo`lganlari uchun yaxshilik va yomonlik etgan paytlarda farqli holatlarda bo`ladilar. ﷻ‬ toifalarning biri boshiga etgan yaxshilik va yomonlikni sabr va shukronalar bilan kutib oladi. Natijada, unda quvonish, hayajon paydo bo`lib, qayg`u, alam, siqilish va hayotning baxtiqaroligi yo`q bo`ladi hamda bu dunyoda shirin hayot kechiradi.Ikkinchi toifa e`sa, yaxshiliklarni kibr va tug`yon bilan kutib oladi-da, uning axloqi buziladi. ﷻ‬ yaxshiliklarni hayvon kabi harislik va ochko`zlik bilan kutib oladi. Shunday bo`lsada, u, bezovta bo`ladi. ﷻ‬ turli taraflardan: yaxshi ko`rgan narsalarining yo`qolishi, yaxshi ko`rgan narsalari sababli paydo bo`lgan qarshiliklar, nafsning chegara bilmasligi, balki, hosil bo`ladigan yoki bo`lmaydigan boshqa ishlarga intilishi va shu narsalarning hosil bo`lishi bilan bezovtalanadi.Yomonliklarni e`sa, bezovtalik, qayg`u, alam va dodu faryodlar bilan kutib oladi. Siz uning boshiga kelgan baxtiqarolik, fikriy va asabiy hastalik, savobni umid qilmagani, tasalli va engillik beradigan sabri bo`lmagani uchun yomon holatlarga olib boradigan qo`rqusi haqida so`ramang. Bular uzoq tajribalarda ko`rilgan hodisalardir.Biz sizga ularning bir misolini keltiramiz. Siz u haqida bir fikr yuritib ko`rsangiz, iymoni taqozo e`tgan narsalarga amal qilgan mo`min bilan, amal qilmagan kishi o`rtasidagi farqni tushunib etasiz. ﷻ‬ ham bo`lsa, dinning Alloh bergan rizqi va bandalariga bergan turli-ruman fazli va karamiga qanoat qilishga undashidir.Mo`min boshiga etgan kasallik, kambag`allik yoki shunga o`xshash holatlarda o`z iymoni, qanoati va Allohning bergan qismatiga rozi bo`lgani uchun ham doimo xursand bo`ladi. Uning nafsi o`zi uchun taqdir qilinmagan narsalarni talab qilmaydi, o`zidan pastlarga qarab, yuqoridagilarga qaramaydi. Goho barcha dunyoviy matlablarga e`rishgan, biroq, qanoati bo`lmagan kishilarni ko`rganida uning rohati va quvonchi ziyoda bo`ladi.Shuningdek, iymon taqozosi bilan amal qilmagan kishini kambag`al bo`lsa yoki dunyaviy manfaatlardan birontasini yo`qotsa, o`ta baxtiqaro bo`lganini ko`rasiz.Boshqa bir misol: mo'min xatarli va alamli lahzalarda iymoni sog`lom, irodali, o`zining fikrlari, so`zlari va boshqa harakatlarini tadbirlash va yuritishda sabotli bo`ladi. Bu e`sa, insonning qalbini xotirjam qilib, quvontiradi.Iymoni bo`lmagan kishida e`sa buning aksi bo`ladi: xatarli paytlarda siqiladi, asablari buziladi, fikrlari parchalanadi, qo`rqadi - so`z bilan ta`birlab bo`lmaydigan ichki va tashqi qo`rquv unga hukmron bo`ladi.Bunday insonlarning kuchlari, ko`plab chiniqishga muhtoj bo`lgan ba`zi sabablar hosil bo`lmaganida, yo`qoladi va asablari taranglashadi. Buning sababi e`sa, ularni og`ir va qayg`uli lahzalarda sabrli bo`lishga undaydigan iymonnning yo`qligidir.Yaxshi va yomon, iymonli va kofir bo`lgan insonlar jasurlikni kasb qilish va xatarlarni engillashtiradigan xilqatda mushtarakdirlar.Lekin, mo`min iymonning quvvati, sabri, Allohga bo`lgan tavakkuli va suyanishi hamda Allohning savobini umid qilishi kabi shijoatini ziyoda qiladigan, xatarning yukini va musibatlarni engillashtiradigan narsalar bilan ajralib turadi. Alloh ta`olo dedi: "Agar sizlar alamni cheksangizlar, ular ham sizlar kabi alamni chekadilar. (Lekin), sizlar Allohdan ular umid qilmagan narsalarni umid qilasizlar" (Niso: 104).Mo`minlar bilan xatarlarni parchalab tashlaydigan Allohning hamrohligi, yordami va madadi davomiydir. Alloh ta`olo dedi: "Allohga va uning payg`ambariga itoat e`tinglar! Tortishmanglar, shavkatingiz y`oqoladi. Sabr qilinglar, Alloh sabrlilar bilan birgadir" (Anfol: 46).2. Bezovtalik, qayg`u va alamni ketkazadigan sabablardan biri - so`z, harakat va barcha yaxshiliklar bilan e`hson (yaxshilik) qilishdir. Alloh ta`olo yaxshi odamdan ham, yomon odamdan ham qilgan yaxshiliklariga qarab qayg`u va g`amlarini ketkazadi.Biroq, mo`minning bu borada ham ko`p nasibasi bor. Uning yaxshiliklari samimiylik va savobni umid qilish bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham, Alloh ta`olo mo`minga, umididagi yaxshiliklar sababli, yaxshilik qilishni engil qilib, ixlos va savobni umid qilishiga qarab zararlarni daf qiladi. Alloh ta`olo dedi: "Ularning pichirlab qilgan maslahatlarida yaxshilik yo`qdir. Yaxshilik, faqatgina, sadaqaga, yaxshilikka buyurgan kishilardaginadir. Allohning roziligini umid qilib, shu ishlarni qilgan kishilarga tez kunda katta ajrlar beramiz" (Niso: 114).Alloh ta`olo bu ishlar, shu niyyat bilan qilgan kishilardan sodir bo`lsagina yaxshilik bo`lishidan darak berdi. Yaxshilik yaxshilikni keltiradi va yomonlikni daf qiladi. Savob umidida bo`lgan mo`minga Alloh ta`olo katta ajr beradi. Alam, g`am va qayg`uning yo`qolishi ham katta ajrlardandir.Fasl3. Asablarning tarangligi va ba`zi musibatlar sababli qalbning mashg`ul bo`lishidan vujudga kelgan bezovtalikni daf qilish sabablaridan biri - foydali bo`lgan ish va fikrlar bilan mashg`ul bo`lishdir. Bu, qalbni bezovta qilgan narsalardan chalg`itadi. Gohida u, bu sababli qayg`u va alamga sabab bo`lgan narsalarni unutadi va quvonib, ishlardagi faolligi ortadi. Bu sabab mo`min va kofir o`rtasida mushtarakdir. Biroq, mo`min iymoni, ixlosi (samimiyligi), o`rgatish, o`rganish va qilayotgan xayriya ishlari: ibodat bo`lsa ibodat, dunyoviy ishlar yoki odatlar bo`lsa yaxshi niyat va Alloh ta`olodan Alloh ta`olo uchun bo`lishida yordam so`rashi bilan ajralib turadi.Shuning uchun ham, bularning g`am, qayg`u va alamlarni ketkazishda katta ta`siri bordir. Bezovtalik va musibatlar sababli turli kasalliklarga mubtalo bo`lgan qancha-qancha odamlar borki, uning foydali davosi shu bezovtalikka sabab bo`lgan sabablarni unutish va muhim ishlar bilan shug`ullanishdir. Tabiiyki, shug`ullaniladigan ish odamning qalbi hohlagan va mushtoq bo`lgan ish bo`lishi kerak. Shundagina foydali maqsadga e`rishish oson bo`ladi. (Alloh barcha narsalarni o`zi yaxshiroq biladi).4. Bezovtalik va g`amni ketkazadigan sabablardan biri - fikrni kundalik ishlar uchun jamlash, kelajakda bo`ladigan narsalar va o`tmishda bo`lgan qayg`ular haqida o`ylamaslikdir. Shuning uchun ham, rasululloh sollallohu alayhi va sallam g`am va qayg`udan panoh so`radilar. "Qayg`u" - qaytarish va topish mumkin bo`lmagan va o`tmishda bo`lib o`tgan ishlardir. "G`am" e`sa, kelajakda bo`ladigan xavf sababli paydo bo`ladi. Shuning uchun ham, banda bugunining kishisi bo`lib, u kunning islohi uchun barcha kuch-quvvatlarini jam qiladi. Zero, buning uchun qalbni jam qilish amallarni jam qilishni taqozo e`tadi va banda shu bilan g`am va qayg`ularidan tasalli oladi.Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biron duo qilsalar yoki ummatlariga biron bir duoni o`rgatmoqchi bo`lsalar Allohdan yordam so`rash va uning fazlini umid qilish bilan birga duoda hosil bo`lishini umid qilgan narsa va daf bo`lishini umid qilgan narsasidan qutulish uchun harakat qilishga undar e`dilar. Chunki, duo va harakat bir-biriga bog`liqdir. Banda din va dunyoda foydali bolgan narsalarga tirishib, robbisidan maqsadining muvaffaqiyati uchun yordam so`raydi. Zero, rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Sizga foydali bo`lgan narsalar uchun tirishing. Allohdan yordam so`rang va qo`rqmang! Sizga biron bir musibat etsa: "Agar unday qilsam, bunday bo`lar e`di"- deb aytmang. Balki, Alloh shunday taqdir qilibdi, ﷻ‬ hohlagan narsasini qiladi"- deb ayting. Chunki, "agar" so`zi Shaytonning harakat yo`llarini ochadi". Rasululloh sollallohu alayhi va sallam har bir holatda foydali ishlarga buyurish, Allohdan yordam so`rash va zararli yalqovlik bo`lgan ojizlikka bo`yinsunmaslik bilan o`tgan ishlarga bo`yinsunish va Allohning qazo va qadarini mushohada qilish o`rtasini jam qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ishlarni ikki qismga ayirdilar. Birinchi qism: Banda butunlay yoki qisman e`rishish yoki daf qilish yoki engillatish uchun harakat qilishi mumkin bo`lgan ishlar. Banda bu ishlarda o`z harakatlarini qilishi va robbisidan yordam so`rashi mumkin. Ikkinchi qism: Banda harakat qilsada, qilmasada bo`lishi muqarrar bo`lgan ishlar.Banda bu ishlar uchun xotirjam, rozi va taslim bo`ladi. Shubhasiz bu asosni rioya qilish quvonish hamda g`am va qayg`ularning yo`qolish sabablaridandir. Fasl5. Xotirjamlik va qalbning sururiga sabab bo`ladigan narsalardan biri, Alloh ta`oloni ko`p e`slashdir. Chunki, buning xotirjamlik, qalbning sururi va qayg`u va g`amlarni ketkazishda katta ta`siri bor. Alloh ta`olo dedi: "Bilinglarki, Allohni e`slash bilan qalblar xotirjam bo`ladi" (Ra`d: 28).Banda Allohning savobi va roziligini umid qilgani uchun ham, Allohning zikrini bu ishlarda katta foydasi bor. 6. Allohning zohiriy va botiniy ne`matlari haqida gapirish ham qalbning xotirjamligi va sururidir. Bu ne`matlarni bilish va ular haqida gapirish bilan Alloh ta`olo g`am va qayg`ularni daf qiladi. Alloh ta`olo bu ne`matlarga shukr qilishga undaydi. Zero, shukr ne`matlarning e`ng oliy maqomlaridan biridir. Hatto, faqirlik, kasallik va bundan boshqa musibatlar ichida bo`lsada, banda Alloh ta`oloning bergan hisobsiz ne`matlari bilan boshiga etgan musibatni taqqoslar e`kan, musibatning ne`matlar oldida asari ham qolmaydi. Balki, Allohning imtihon uchun bergan qiyinchilik va musibatlarning og`irligi sabrli, rozi va taqdirga bo`yinsungan banda uchun engil bo`ladi. Bandaning musibatlar e`vaziga ajru savoblar olishi, Allohga sabr va rozilik kabi vazifalarni ibodat qilib ado e`tishi, achchiq narsalarni shirin narsalarga aylantiradi. Natijada, ajru savobning halovati sabrning achchiqliklarini unuttiradi.7. Bu mavzudagi e`ng foydali bo`lgan narsa, rasululloh sollallohu alayhi va sallam y`ollagan ishni amalga oshirishdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Sizlar o`zingizdan pastdagilarga qaranglar, o`zingizdan yuqoridagilarga qaramanglar. Chunki, Allohning sizga bergan ne`matlarini kamsitishingiz mumkin". Banda bu nasihatlarni ko`z o`nggiga keltirar e`kan, o`zini maxluqotlar ichida, ofiyat va sabablari hamda rizq va sabablarida qanday holatda bo`lmasin, naqadar yuksak e`kanini biladi. natijada, uning bezovtaligi, qayg`usi va g`amlari yo`qolib, Allohning buyuk ne`matlariga bo`lgan sururi va quvonchi ziyoda bo`ladi. Banda Allohning zohiriy va botiniy, diniy va dunyoviy ne`matlari haqida tafakkur qilar e`kan, robbisining ko`p yaxshiliklarni berib, ko`p yomonliklarni daf qilganini biladi. Shubhasiz, bu, g`am va qayg`ularni ketkazib, quvonchlarni keltiradi. Fasl8. Inson quvonchini taqozo e`tib, g`am va qayg`ularni ketkazadigan sabablardan biri, g`amlarni keltiradigan sabablarni yo`qotish va quvonchni keltiradigan sabablarni hosil qilishga intilishdir. Bu e`sa o`tgan va qaytarish mumkin bo`lmagan narsalarni unutish va fikrni ular bilan chalg`itish behuda, abas, telbalik va ahmoqlik e`kanini bilish bilan bo`ladi. Shundagina inson qalbi bilan u qiyinchiliklar haqida fikr yuritish o`rniga kelajakda duch kelishi mumkin bo`lgan kambag`allik, xatar va bundan boshqa narsalardan bezovtalanishga qarshi kurashadi. Natijada, kelajakda ro`y beradigan yaxshilik yoki yomonlik, umid yoki alamlar noma`lum e`kani, ularning barchasi Aziz va Hakim bo`lgan Allohning qo`lida e`kani, bandalari e`sa yaxshiliklarga e`rishish va yomonliklarni daf qilish uchun tirishishlari kerak e`kanini hamda banda o`z fikrini ishining oqibati haqida yuritishdan voz kechib, ishini isloh e`tishi uchun robbisiga tavakkul qilishi va xotirjam bo`lishi kerak e`kanini biladi. Agar odam shunday qilsa, qalbi xotirjam, ishlari isloh bo`lib, qayg`u va bezovtalanishi yo`qoladi. Fasl9. Ishlarning oqibatini mulohaza qilish haqidagi e`ng foydali narsa, rasululloh sollallohu alayhi va sallam o`qigan ushbu duodir: "Ilohim, ishlarimning asosi bo`lgan dinimni, hayotim bo`lgan dunyomni va oqibatim bo`lgan oxiratimni men uchun isloh qil! hayotni men uchun barcha yaxshiliklarda ziyoda, o`limni e`sa barcha yomonliklardan shirin qil!";"Ilohim, men sening rahmatingni umid qilaman. Meni biron lahza nafsim ixtiyoriga tashlab qo`yma! Mening barcha ishlarimni isloh qil! Sendan o`zga iloh yo`qdir!".Agar banda diniy va dunyoviy kelajagining salohiyati mujassam bo`lgan ushbu duoni chin dildan va sodiq niyyat bilan o`qib, buning haqiqatan ro`yobga chiqishiga intilsa, Alloh ta`olo uning qilgan duolari, umidlari va ishlarini voqeiy haqiqatga va qayg`u va alamlarini e`sa quvonchga aylantiradi. Fasl10. Bandaga musibat etgan paytda qayg`u va g`amlarni ketkazadigan foydali sabablardan biri, ishning etib boradigan nihoyasining yomon e`htimollarini qiyoslab, shu musibatni engillatishga harakat qilib, sabot bilan turishdir. Agar sgunday qilsa, imkoni boricha engillatishga harakat qilsin. Ushbu sabot va foydali haralat bilan bandaning qayg`u va g`amlari yo`qoladi. Va bu harakat banda uchun foydalarni keltirish va zararlarni daf qilishda amalga oshadi.Banda xatar, kasallik, faqirlik va sevgan narsalarni yo`qotish sabablarini xotirjamlik va sabot bilan kutib olsin. Chunki, nafsni chiniqtirish musibatlarni engillashtirib, shiddatini so`ndiradi. Xususan, bu narsa, nafs o`zini imkoni boricha himoya qilish bilan chalg`itganida yaqqol namoyon bo`ladi. natijada, bandada chiniqish bilan musibatlarga e`tibor berishdan chalg`itadigan foydali harakat birlashadi va banda, Allohga suyanib va ishonib, musibatlarga qarshi bo`lgan kuchini yangilash uchun o`z nafsi bilan kurashadi.Shubhasiz, bu ishlarning hozir va kelajakdagi savoblarga umidlantirish bilan quvonchni hosil qilishda katta foydalari bor. buning hayotda va tajribada ko`plab namunalari bor.Fasl11. Yurakning asab kasalliklari, balki, badanning barcha kasalliklari uchun e`ng katta davo - qalbning quvvatli bo`lishi, yomon fikrlar vujudga keltirayotgan vahima va xayollar bilan siqilmaslik va ta`sirlanmaslikdir. Chunki, xayol va vahimalarga berilgan insonning qalbi kasalliklar va boshqa narsalardan xavf qilish, g`azablanish, alamli sabablardan tashvishlanish, yomonlilarning hosil bo`lib, yaxshiliklarning yo`qolishi kabi ta`sirlar bilan ta`sirlanadi. Bu ta`sirlanish e`sa, insonni qayg`u, g`am, qalb va badan kasalliklari hamda odamlar ko`p zararlarini ko`rgan ruhiy hastaliklarga olib boradi.Insonning qalbi Allohga suyanib, tavakkul qilib, vahima va yomon xayollarga berilmay, Allohga ishonib, Allohning fazlu karamidan umidvor bo`lsa, undan qayg`u va g`amlar, badan va qalbkasalliklari yo`qolib, qalb uchun quvvat, kenglik va ta`bir qilib bo`lmaydigan quvinch hosil bo`ladiKasalxonalar qancha-qancha buzg`unchi xayolot va vahima kasallari bilan to`lib-toshdi! Bu ishlar zaif odamlar u yoqda tursin, qancha-qancha kuchli odamlarning qalblariga ta`sir e`tdi va qancha-qancha odamlarning telba va aqlsiz bo`lishlariga olib keldi!Alloh ofiyat bergan va qalbini kuchaytiradigan va bezovtaligini ketkazadigan foydali sabablarni hosil qilish uchun o`z nafsi bilan kurashishga muyassar bo`lgan odamgina baxtlidir.Alloh ta`olo dedi: "Allohga tavakkul qilgan kishiga Alloh kifoya qilguvchidir" (Taloq: 3).Ya`ni bandaning boshiga kelgan diniy va dunyoviy barcha narsalar uchun Alloh kifoyadir.Allohga tavakkul qilgan kishining iymoni kuchli bo`lib, unga vahimalar ta`sir e`tmaydi va uni hodisalar bezovta qilmaydi. Chunki, bunday odam ta`sirlanish nafsning zaifligi, xo`rlik va asli bo`lmagan xatardan kelib chiqishini biladi. Shu bilan birga, u, Alloh ta`olo Alloh ta`ologa tavakkul qilgan kishilarga tom ma`noda kifoya qilishini biladi. Shuning uchun ham, Allohga ishonadi, Allohning va`dasi bilan xotirjam bo`ladi. Natijada, uning bezovtaligi va g`amlari yo`qoladi hamda qiyinchiligi engillikka, qayg`ulari quvonchga va xavflari xotirjamlikka aylanadi.Alloh ta`olodan ofiyatni, bizlarga o`ziga tavakkul qilish bilan qalb quvvati va matonatini berishini so`raymiz. Chunki, u o`ziga tavakkul qilgan kishilarga barcha yaxshiliklarni berishni kafolatladi va ulardan barcha yomonliklarni daf qildi.Fasl12. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Mo`min (e`ﷺ‬) mo`mina (xotin)dan nafrat e`tmasin. Uning bir xulqini yoqtirmasa, boshqa xulqidan rozi bo`lar"- dedilar. Bu hadisning ikkita katta foydasi bor:Birinchisi: xotin, qarindosh, do`st, hamkasb va orangizda bog`liqlik bo`lgan barcha kimsalar bilan muomala qilishga yo`llash hamda ularda ayb, nuqson va siz yoqtirmagan ishlar bo`lishi mumkin e`kanini bildirish. Agar siz ularda shu narsalardan birini topsangiz, u bilan siz uchun zarur bo`lgan yoki siz uchun lozim bo`lgan aloqa va muhabbatni saqlab qoladigan narsa o`rtasini taqqoslang hamda ulardagi yaxshilik hamda umumiy va xususiy yaxshiliklarni e`slang. Yomonliklardan ko`z yumish va yaxshiliklarni mulohaza qilish bilan do`stlik aloqalari davom e`tadi, siz e`sa rohat va farog`atda bo`lasiz.Ikkinchisi: g`am va bezovtalikning yo`qolishi, soflikning qolishi, ikki taraf o`rtasida rohatning hosil bo`lishi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning e`slatgan narsalarini qilmagan, balki, buning aksini qilgan, natijada, yomonliklarni mulohaza qilib, yaxshiliklarni ko`ra olmagan kimsaning bezovta bo`lishi muqarrardir.Shuning uchunham, u o`zi bilan o`ziga bog`langan kishilar o`rtasidagi muhabbatni bulg`ashi, ikki taraf muhofaza e`tishi kerak bo`lgan huquqlarning ko`pini poymol e`tishi mumkin.Oliyhimmat odamlarning ko`plari musibat va qiyinchilik paytlarida matonatli va xotirjam bo`ladilar. Biroq, arzimas va oddiy ishlar oldida bezovtalanadilar. Buning sababi e`sa, ular nafslarini k`lishga o`rgatib, kichik ishlar uchun sabotli bo`lishga o`rgatmadilar. Natijada, kichik ishlar ham ularning rohatlarini buzadi.tadbirli odam nafsini katta va kichik ishlar uchun chiniqtirib, Alloh ta`olodan yordam so`rab, o`z nafsiga biron lahza ham tashlab qo`ymasligini so`raydi. Shundagina kichik ishlar katta ishlar kabi engil, banda e`sa xotirjam bo`ladi.Fasl13. Aqlli odam o`zining sog`lom hayoti - baxt va xotirjamlik hayoti e`kanini va bu o`ta qisqa bo`lib, uni g`am va qayg`u alamlar-bilan qisqartirishi mumkin e`masligini, chunki, bu, sog`lom hayotga zid bo`lishini, natijada, hayoti qayg`u-alamlar uchun maydonga aylanib qolishi mumkin e`kanini biladi.Bu masalada yaxshi va yomon odamlar o`rtasida farq yo`qdir. Biroq, mo`minning bu sifatlarda hozir va kelajakda katta nasibalari bordir.14. Bandaning boshiga yoqtirmagan ish kelsa, yoki kelishidan qorqsa, o`zidagi diniy va dunyoviy ne`matlar bilan shu ish o`rtasini taqqoslasin. Taqqoslash bilangina o`zidagi ne`matlarning k`oligi va boshiga kelgan ishning arzimas e`kani ma`lum bo`ladi.Shuningdek, banda, kelishi mumkin bo`lgan zararning xavfi bilan, shu zarardan qutulishning ko`p e`htimollari o`rtasini taqqoslasin-da, zaif e`htimolni ko`p va kuchli e`htimol ustiga afzal qo`ymasin. Shundagina uning g`am va qayg`ulari yo`q bo`ladi va u o`zini etishi mumkin bo`lgan e`htimollarga qarshi chiniqtiradi. Agar etmasa, u e`htimollarni daf qilishga, etgan bo`lsa engillashtirish va ko`tarishga harakat qiladi.15. Foydali ishlardan yana biri, odamlarning sizga bergan ozorlari, xususan, yomon so`zlari sizga e`mas, ularning o`zlariga zarar e`kanini, agar siz ularga e`tibor bersangiz va o`z hissiyotingizga e`ga bo`lishni ko`rsatmoqchi bo`lsangiz, sizga zarar berishini bilishingizdir.16. Siz hayotingiz fikrlaringizga tobe` e`kanini biling. Agar fikrlaringiz din va dunyoda foyda keltiradigan bo`lsa, hayotingiz shirin va baxtli bo`ladi, aks holda, hayotingiz baxtiqaro bo`ladi.17. Ichingizdagi g`amni ketkazadigan sabablardan biri, minnatdorchilikni Allohdanm boshqasidan umid qilmasligingizdir. Agar siz zimmangizda haqqi bo`lgan yoki bo`lmagan bandalarga yaxshilik qilgan bo`lsangiz, bu muomalangiz Alloh bilan bo`lgan muomaladir. Shuning uchun ham, o`zingiz yaxshilik qilgan kishidan minnatdorchilik kutmang. Holbuki, Alloh ta`olo o`zining xos bandalari haqida shunday deydi: "(Ular): "Biz sizlarga Allohning yuzi uchungina taom bermoqdamiz. Sizlardan biron bir mukofot yoki minnatdorchilik istamaymiz"- (dedilar)" (Inson: 9).Bu ish rafiqa, farzandlar va aloqasi kuchli bo`lgan kishilar haqida yanada ta`kidlidir. Siz ulardan qachon yomonlikni daf qilishga nafsingizni chiniqtirsangiz, ularni ham, o`zingizni ham rohatlantirgan bo`lasiz.Rohatlanish sabablaridan biri, fazilatli va boshqa amallarni o`zingizni bezovta qilmaydigan darajada qilishingizdir. Agar bu darajadan ortiqcha bo`lsa, qing`ir yo`ldan ketib, fazilatli ishlarni qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Bu ham bir hikmatdir.uSabablardan yana biri, boshingizga etgan yomon ishlarni shirin ishlar kabi qabul qilishingizdir. Bunda lazzatning sofligi ziyoda bo`lib, g`amlar yo`qoladi.18. Foydali ishlarni maqsad qilib, ularni ro`yobga chiqarish uchun harakat qiling. Siz g`am va qayg`ularni keltiradigan sabablardan chalg`ish uchun zararli ishlarga boqmang! Rohatlanish va nafsni muhim ishlarga qaratish bilan yordam oling!19. Foydali ishlardan yana biri, ishlarni o`z vaqtida bajarish va kelajak uchun qoldirmaslikdir. chunki, ishlar `oz vaqtida qilinmasa, qolgan ishlar uyumi boshingizda turgan bir paytda, kelgusi ishlar etib keladi-da, o`z og`irligini beradi. Agar ishlarni o`z vaqtida bajarsangiz, kelgusi ishlarga fikrlash va ishlash quvvati bilan bel bog`lab turasiz.20. Foydali ishlarning ham e`ng muhimlaridan boshlang. Nafsingiz moyil bo`lgan ishlar bilan, rag`batingiz kuchli bo`lgan ishlar o`rtasini ayiring. Chunki, rag`batingiz bo`lmagan ishlardan tezda malol olib, bezasiz. Buning uchun sog`lom fikr va maslahat bilan yordam so`rang. Zero, maslahat qilgan afsus chekmaydi. Bajarmoqchi bo`lgan ishingizni to`la o`rganing. Agar unda manfaat bo`lib tirishsangiz, Allohga tavakkul qiling. Alloh tavakkul qiluvchilarni yaxshi ko`radi. Barcha olamlar robbisi bo`lgan Allohga hamdlar bo`lsin. Alloh ta`olo payg`ambarimiz, uning oilasi va sahobalariga salavot va salomlar yo`llasin.u u u

المرفقات

2

Бахтли ҳаёт учун фойдали маслаҳатлар
Бахтли ҳаёт учун фойдали маслаҳатлар